Tana vazni indeksi- Organizm massasi va bo’yini mutanossibligini ko’rsatuvchi birlik. Shu bilan birga bilvosita tana vaznini kaligi, ortiqchaligi (Semizlik) yoki meyordaligini baholovchi ko’rsatkich.

Tana vazni indeksi (TVI) Quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi.
TVI=KG/M^2

KG— Kilogramda tana vazni
M—Bo’y metrda

Tasnifi
1. Asab Anoreksiya. Anoreksiya ataroksik.
TVI: Vazn kutilganidan 15% ga kam, TVI 17,5 dan kam
Sog’lom hayot uchun Havfi- Yuqoriroq
Nima qilish kerak- Tana vaznini ortirish va anoreksiyani davolash tavsiya etiladi.
2. Tana Vazni Defitsiti
TVI: 18,5 dan kam
Sog’lom hayot uchun Havfi- Yo’q
3. Meyor
TVI yoshga ko’ra:
18-25 Yosh-19,5-22,9
26-45 Yosh-20,0-25,9
4. Ortiqcha tana Vazni
TVI yoshga ko’ra:
18-25 Yosh-23,0-27,4
26-45 Yosh-26,0-27,9
Sog’lom hayot uchun Havfi- Bor
Tana vaznini kamaytirish tavsiya etiladi.
5. Semizlik I daraja
TVI yoshga ko’ra:
18-25 Yosh-27,5-29,9
26-45 Yosh-28,0-30,9
Sog’lom hayot uchun Havfi-Bor
Tana vaznini kamaytirish tavsiya etiladi.

6. Semizlik II daraja
TVI yoshga ko’ra:
18-25 Yosh-30,0-34,9
26-45 Yosh-31,0-35,9
Sog’lom hayot uchun Havfi- Yuqoriroq
Tana vaznini kamaytirish buyuriladi.

7. Semizlik III daraja
TVI yoshga ko’ra:
18-25 Yosh-35,0-39,9
26-45 Yosh-36,0-40,9
Sog’lom hayot uchun Havfi- Yuqori
Tana vaznini kamaytirish buyuriladi.

8. Semizlik IV daraja
TVI yoshga ko’ra:
18-25 Yosh-40,0 va yuqori
26-45 Yosh-41,0 va yuqori
Sog’lom hayot uchun Havfi- O’ta Yuqori
Tana vaznini kamaytirish darkor

Hisoblash Misol:
Misol uchun bo’yingiz 170 santimetr va vazningiz 65 kilo.
TVI=65/1,7^2=22,49
Bu meyor hisoblanadi.

Mutahasislar fikricha ideal TVI ERKAKlar uchun-22,7 AYOLlar uchun-22,4

Yana shuni aytib o’tish kerakki TVI semizlikni ko’rsatuvchi universal ko’rsatkich emas. Mushaklari rivojlangan kishalarni yuqori baholab (Mushak yog’dan o’g’ir turadi) ko’rsatishi mumkin yoki mushaklari kam rivojlangan kishilarda yog’lar ortiqcha bo’lsa ham tana vazni meyor ko’rsatishi mumkin.

Ortiqcha Vazn va Salomatlik
Ortiqcha vaznda yurak qon tomir kasalliklari havfi ortadi (infarkt, ateroskeloroz). Ayol va erkaklar uchun havf bir hil emas. Erkaklar “qorin qo’yishadi” bu bilan birga holesterol miqdori oshadi. Ular esa o’z navbatida aterom blyashaklarini paydo qiladi va qon tomirlar tiqilib qolishiga olib keladi. Ayollarda esa yog’ son qismida to’planadi va organizmda yog’lar taqsimlanishi har hil bo’lganligi sababli ularda kamroq havf tug’diradi.
Shuning uchun yog’ taqsimlanishini o’lchov birligi va salomatlik uchun havfi kiritilgan.

U quyidagicha hisoblanadi:

Bel aylanasini Son aylanasi o’lchamiga nisbati

Bu koefitsent AYOLlarda 0,85 dan yuqoriligi va ERKAKlarda 1 dan yuqoriligi tana vaznining salomalik uchun havfli ekanini ko’rsatadi.

IDEAL TANA VAZNI
Hulosa qilib shuni aytib o’tish kerakki, modalar jurnalida sizga ideal vazn sifatida ko’rsatilayotgan ko’rsatkichlar hech ham haqiqatga yaqin kelmaydi. Bazida esa salomatlik uchun zarar hamdir. Qaddi qomati kelishgan bo’lish avvalom bor salomatlikka tegishlidir.
Ko’zgu har safar biz istagan idealdan uzoq timsolni bizga ko’rsatib bizni aldaydi. Ulardan ular qila olishi mumkin bo’lgan ishdan ko’prog’ini talab etish ahmoqlik: Ular biz qanday bo’lsak shundayligimizcha ko’rsatadi.
Ideal tana vazniga ega bo’lish va hastaliklardan uzoqroq, o’zimizni erkin va yengil tutish, sog’-salomat bo’lishdir. Bunday qad qomat va go’zallikka har kim ham yetisha olmaydi.