Форум Ташкентской Медицинской Академии

Информация о пользователе

Привет, Гость! Войдите или зарегистрируйтесь.



Sog`lom Hayot

Сообщений 1 страница 5 из 5

1

Sog'lom turmush tarzini tashkil etish uchun maslahatlar!!!

0

2

Sog`lom turmush tarzi.

Inson salomatligini saqlash va mustahkamlash, shuningdek uzoq-umr ko`rishning yagona yo`li bu sog`lom turmush tarzini tashkil etishdir. Sog`lom turmushni tashkil etishning quyidagi bosqichlari mavjud.
1-Ovqatlanishni to`g`ri tashkil etish
2-Badantarbiya va Jismoniy mashqlar.
3-Kun va ishni biologik rejimlar asosida tashkil etish.
4-Ruhiy osoyishtalik yoki asab muvozanatini ta`minlash.
5-Ozoda-orastalikka rioya qilish.
6-Ichkilikbozlik, kashandalik va giyohvandlik kabi zararli odatlardan o`zini tiyish.
Bu bosqichlarga amal qilgan insonning hayoti Sog`lom turmush tarziga aylanadi.

yana boshqa fikrlar

Tarbiya: erta bolalik vaqtidan sog'lom odat, hulq atvor va ko'nikmalar;
Atrof muhit: yashash uchun havfsiz va foydali, atrof muhit predmetlarini salomatlikka tasirini bilish;
Yomon odatlardan voz kechish: chekish, ichish, narkotik.....
Ovqatlanish:....... ;
Harakat: faol hayot, yosh va fiziologik holatdan kelib chiqib;
Organizm gigiyenasi: shahsiy va umumiy gigiyena qoidalariga rioya etish;
Chiniqish.
Bundan tashqari sog'lom turmush tarzini quyidagi qo'shimcha aspektlari bor:
Emmotsional hisiyot:
Intelektual hissiyot:
Ruhiy hissiyot:

0

3

Sholg`omning hususiyatlari

Ko`zlarim burgutnikidek o`tkir bo`lsin desangiz, sholg`omni har qanday ko`rinishda iste`mol qilish kerak. Bundan tashqari qaynatilgan sholg`om qadim zamonlardan buyon yo`talga qarshi eng a`lo vosita sifatida o`zini namoyon eta olgan.
Eslatma: Lekin endemik buqoq zonalarida sholg'om, rediska, turp ko'p iste'mol qilish tavsiya etmayman!

0

4

"Abadiy Yoshlik" Retsepti
Bu retsept sizning ichki a`zolaringiz faoliyatini yaxshilabgina qolmasdan teringiz holatini ham yaxshilaydi. Buning uchun: 100 ml yangi limon sharbatiga 200 gramm asal va 5 gramm zaytun yog`i aralshtiriladi. Ertalab och qoringa 1 desert qoshig`da qabul qilinadi va yarim soatdan keyin nonushta qilinadi.

Agar mijozing bo`lsa sovuq, sen asal yegin mudom,
Zo`r tabiblar deptilar: "Asal shifodir begumon".

Erta saharda Anor, tushda piyozli ovqat, yotishdan oldin Asal yesang, qoning ko`z yoshidek beg`ubor bo`ladi.

Abu Ali Ibn Sino

0

5

To`g`ri ovqatlanish tartibi

Ovqatlanish tartibini ishlab chiqishda odamning kasbi, yoshi ba organizmning o`ziga hos hususiyatlari hisobga olinadi.
Nonushta- organizmda mehnat faoliyati uchun zarur kaloriya zaxirasini vujudga keltiradi.
Tushlik-organizm ko`proq quvvat sarflagani uchun kuchliroq ovqatlarga ehtiyoj tug`iladi.
Kechki ovqat-yengil hazm bo`ladigan va asab tizimini qo`zg`atmaydigan bo`lishi kerak, uni uxlashdan 2 soat oldin tanovul qilish tavsiya etiladi.

0